 |
YOKI
|
 |
?
|
Ta'lim yo'nalishidagi www.coursehero.com saytida konspekt yozish usullari haqida yaxshi infografika berilgan ekan. Grafikada 1-2 ta tipografik xatolar mavjud bo'lsa-da, unda berilgan asosiy ma'lumotlar ancha qiziqarli va bizning talabalarimiz uchun ham asqotishi mumkin. Quyida esa saytda keltirilgan ma'lumotlardan ayrimlarini qisqacha keltirib o'tmoqchimiz:
- Qancha vaqt o'tsa, shuncha ko'p axborotni unutamiz.
- 20 daqiqada - 47%, 1 kunda - 62%, 2 kunda - 69% , 75 kunda esa 75% axborot yodimizdan ko'tariladi.
- Ma'ruzani faqat tinglab o'tirgan talaba uning 10% nigina eslab qolishi mumkin. Konspekt yozib, uni qayta ko'rib chiqqanlar esa - 80% ini.
- AQShda olib borilgan so'rovlarga ko'ra (2010 Chronicle survey), talabalarning faqatgina 66,5% (yoki 65,5% - grafikada ikki xiil raqam) konspekt tutishadi.
- O'rtacha talaba qog'ozda sekundiga 1/3 yoki 1/4 ta so'z yozadi.
- Kompyuterda esa sekundiga 1,5 ta.
- Ma'ruzachi sekundiga 2-3 so'z talaffuz qiladi.
- Qog'ozning afzalligi: ko'proq ma'lumotni eslab qolish.
- Kompyuterning afzalligi: ko'proq ma'lumotni yozib olish (savollar berish va muhokamalarda qatnashishda ham ko'proq vaqt qoladi).
- Auditoriyada kompyuterda yozib olish, uyda esa asosiy fikrlarni qog'ozga tushirib olish yaxshi samara berishi mumkin.
Xulosa qilishimiz mumkinki, mavzuni o'zlashtirish uchun ma'ruzani shunchaki tinglab o'tirish kifoya emas ekan (yuqorida aytilganidek, bunda faqatgina 10% ma'lumotni eslab qolishimiz mumkin). Konspekt yozish usuli (bu haqda biz so'z yuritayotgan manbada batafsilroq aytiladi) va shakli (qog'ozda va elektron)ni tanlash esa talabaning o'ziga havola.
Konspekt yozishni o'zganamiz