
Ko’rish va tinglash eng ommabop o’qib-o’rganish usullari hisoblanadi. Ulardan qay birini ko’proq ishga solasiz? Nima bo’lganda ham, ikkala usuldan ham tez-tez foydalanib tursangiz kerak. Kitobimizning ushbu bobida qanday qilib ko’rish va eshitish qobiliyatingizdan samaraliroq foydalanish haqida fikrlashamiz.
Bunda oldingi bobda o’qib-o’rganishning samarali usullari hamda o’zingizga ko’proq to’g’ri keladigan usullarni aniqlab olish yo’llari haqida so’z yuritgan edik. Biz beshta usulni tilga oldik - umid qilamizki, ular orasidan o’zingizga mos bitta yoki ikkitasini ajratib olishga muvaffaq bo’ldingiz. Ushbu bob esa ikkita usulga – ko’z va quloq yordamida axborotni qabul qilishga ba’gishlangan. Ko’pchilik bu ikki usuldan bittasini ko’proq ishga solishlarini ta’kidlaydilar - hatto aksariyat hollarda suratlar, tartib yoki harakat orqali o’rganuvchilar ham.
Ko’zmi Yoki Quloq?
Yangi narsalarni o’rganishda ham quloqlari, ham ko’zlaridan faol foydalanuvchi kishilar kamdan-kam uchraydi. Ikkala usuldan bittasi hamisha ustun bo’ladi. Ushbu bobda o’zingizning vizual o’rganuvchi yoki tinglovchi-o’rganuvchi ekanligingizni aniqlashda davom etishingiz mumkin. Buni uzil-kesil aniqlab olgach, sizga kuchli taraflaringizdan samarali foydalanish hamda zaifroq bo’lgan qobiliyatingizni qanday rivojlantirish haqida ko’rsatmalar beriladi. Chunki o’quv jarayonida yaxshi rivojlanmagan taraflaringizni ham ishga solishingizga to’g’ri keladigan paytlar ko’p bo’ladi.
O’qib-o’rganish usulini vaziyatga moslashtira bilish
Jonah va Mayk nutq san’ati kursida birga tahsil olishadi. Minbarga chiqib so’zlayotgan notiq (odatda o’qitubchi yoki kurdoshlari)ni Jonah diqqat bilan tinglab o’tiradi. Mayk esa eshitganini tezlik bilan daftariga yozib, muhim joylarini belgilab boradi. Sababi – ularning o’qib-o’rganish usullari turlicha. Jonah tinglovchi-o’rganuvchi bo’lgani sababli, butun diqqat e’tiborini gapirayotgan kishiga qaratadi. Mayk esa eshitganini qog’ozga tushirishga odatlangan, shu usul uning uchun qulay. U, shuningdek, ko’rgazmali vositalar – doska yoki tarqatma materiallari bilan ko’proq mashg’ul bo’ladi. Ikki o’rtoq mavzuni teng o’zlashtilrsalar-da, ularning qo’llagan usullari turlicha. Agarda Jonah yozib, Mayk faqat tinglab o’tirganida ikkalovi ham ko’p narsani tushunmay, qoniqarsiz baho olgan bo’lardilar.

Siz Qaysi Qobiliyatingizni Ko’proq Ishga Solasiz – Ko’rishnimi yoki Eshitishni?
Tasavvur qiling, ko’pdan beri ko’rmagan tanishingizni ko’chada uchratib qoldingiz. U shoshilib avtobusga chiqib ketyapti va sizga telefon raqamini aytmoqda. Ammo, aksiga olib, sizda ham, do’stingizning yonida ham qog’oz-qalam yo’q. Raqamni eslab qolish uchun nima qilgan bo’lardingiz?
Yoki: Notanish bir shaharga qarab oy’l oldingiz. Yo’lda avtobusda ketayotib, Sizga asqotishi mumkin bo’lgan bir mehmonxona yoki restoran haqida bildordni ko’rib qoldingiz. Undagi axborotni eslab qolish uchun nima qilasiz? Xuddi oldingi misoldagidek, yoningizda qog’oz ham, ruchka ham yo’q.
Yuqoridagi qaysi masalaning yechimi siz uchun osonroq bo’lgan bo’lardi?
- Agar telefon raqami masalasi bo’lsa, demak sizda eshitish orqali eslab qolish qobiliyati ko’proq rivojlangan.
- Agar bilborddagi axborotni eslab qolish osonroq bo’lsa, bilingki, ko’rish orqali o’rganish sizga ko’proq xos ekan.
- Agar ikkala masala ham siz uchun ham muammosiz o’z yechimini topsa, demak bir vaqtning o’zida ham eshitish, ham ko’rish orqali o’qib-o’rgana olish qobiliyatiga egasiz.
M U N D A R I J A